Maxfiylik siyosati
1. Umumiy ma’lumotlar
Ushbu axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 03-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son farmoniga asosan ishlab chiqilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida quyidagi elektron shakldagi xizmatlardan foydalanish mumkin:
Tizimda quyidagi xizmatlar mavjud:
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini kelishish
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish
- Mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlarini tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
- Mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlarini eʼlon qilish
Tizimdan foydalanishdan oldin ushbu Siyosat shartlari bilan tanishib chiqishingiz kerak. Tizimdan foydalanish, foydalanuvchining tashqi axborot resurslaridan olingan shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash uchun so‘zsiz roziligini anglatadi.
2. Ma’lumotlarni himoya qilish
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Yig‘ilgan ma’lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi va nojo‘ya foydalanishdan himoyalangan.
3. Maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar
Ushbu maxfiylik siyosati vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. O‘zgarishlar kiritilganda foydalanuvchilar ilova orqali bu haqda xabardor qilinadilar.
4. Bog‘lanish ma’lumotlari
Agar maxfiylik siyosati bo‘yicha savollar yoki mulohazalar bo‘lsa, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.